KRATER

KRATER

KRATER (yun. krater — katta kosa) — togʻorasimon yoki voronka koʻrinishida hosil boʻlgan botiq, chuqurlik. Kraterning diametri koʻpincha 2—2,5 km dan oshmaydi. Chuqurligi bir necha m dan yuz m gacha boʻladi. Krater vulkan otilishidan, samodan kelgan meteoritning yer yuziga urilishidan va kuchli sunʼiy port-lashdan hosil boʻladi. Vulkan Kraterlari, odatda, vulkan choʻqqisida yoki yon bagʻrida joylashadi. Krater tubida bitta yoki bir necha vulkan boʻgʻzi boʻladi. Ular or-qali magmatik oʻchoqlardan koʻtarilgan lana va b. vulkan mahsulotlari chiqish kanali orqali yer yuzasiga otilib chikali. Baʼzan Krater tubi lana koʻli yoki yangi hosil boʻlgan vulkan konusi bilan band boʻladi. Oy va Mars sayyoralaridagi Kraterlar aylana marzalar bilan oʻralgan doirasimon choʻkmalardan iborat; diametri 100—200 km, chuqurligi bir necha km gacha boʻladi. Ular bir biridan meteorit va asteroidning kelib urilishi va vulkaniq yoʻl bilan hosil boʻlishi jihatidan farq qiladi (Yerdagi vulkan kraterdari va kalderalarga oʻxshash).

Ensiklopediya.uz
KRATER