KOHIN

KOHIN

KOHIN (arab.) — gʻoyibdan xabar beruvchi, bashoratgoʻy. Islomdan avvalgi Arabistonda vasvasa holatida Alloh yoki uning vakili — farishta yoki jin b-n muloqot qilgan odam shunday deb atalgan. Qabila odamlari biron-bir ish qilishdan oldin uning oqibati qanday boʻlishini Kohindan soʻrashgan. Qabiladoshlari Muhammad (sav)ni ham dastlab Kohin — folbin deb oʻylashgan. Qurʼon oyatlarida (52:29; 69:42) ularning shubhalariga javoban Muhammad (sav) Kohin — folbin ham, majnun ham emasligi alohida taʼkidlangan. Umuman, islom anʼanasida Kohinlar kelajak haqida yolgʻon soʻzlovchilar sifatida talqin qilinadi.

Ensiklopediya.uz
KOHIN