KOVALYOV Fyodor Arxipovich

KOVALYOV Fyodor Arxipovich

KOVALYOV Fyodor Arxipovich (1890.4.2, Samara — 1965.12.4, Toshkent) — rej. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). Krasnoyarsk, Kuybishev teatrlarida ishlagan. 1929—31 y. larda Toshkent ishchi-yoshlar teatrida, 1931 — 65 y. lar Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida ishlagan. Oʻsh oʻzbek musiqali drama va Fargʻona oʻzbek musiqali drama teatrlarida ham spektakllar qoʻygan. Eng yaxshi spektakllari: «Platon Krechet», «Arshin mol olon», «Farhod va Shirin» singari musiqali dramalar, «Chio Chio San», «Dubrovskiy», «Faust», «Romeo va Julyetta» kabi operalar va b.

Ensiklopediya.uz
KOVALYOV Fyodor Arxipovich