KLOD

KLOD

KLOD (Claude) Albert (1899.23.8, Longler, Belgiya — 1983) — belgiyalik biokimyogar. 1923—49 y. larda AKSHda ishlagan. Birinchilardan boʻlib subhujayraviy strukturalarni tadqiq etishda differensial sentrifugalash usulini qoʻllagan. Oksidlanish jarayonlari (hujayraning nafas olishi) mitoxondriyalarda kechishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1974, E. Pallade va K. R. DeDyuv bilan hamkorlikda).

Ensiklopediya.uz
KLOD