KOMILOV Mirzoyan Mirzahmedovich

KOMILOV Mirzoyan Mirzahmedovich

KOMILOV Mirzoyan Mirzahmedovich (1936.17.10, Toshkent) — informatika va kibernetika sohasidagi olim. Oʻzbekiston FA akad. (1994), texnika fanlari d-ri (1974), prof. (1977). N. E. Bauman nomidagi Moskva Oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1960). Oʻzbekiston FA Matematika in-tida muhandis (1960—63). Oʻzbekiston FA qoshidagi Hisoblash markazida (1963— 66), Hisoblash markazli Kibernetika intida lab. mudiri (1966—83), Oʻzbekiston FA «Kibernetika» IICHB «Algoritm» in-ti direktori oʻrinbosari (1983-92), «Kibernetika» IICHB qoshidagi «Tizimli tadqiqotlar» i. t, in-ti direktori (1992—94). Oʻzbekiston FA vitse-prezidenti (1994—2001), 2001-y. dan «Kibernetika» in-tida lab. mudiri. Ilmiy ishlari, asosan, informatika, kibernetika, inson-mashina hamda sunʼiy intellekt tizimlarini qurish, yechim qabul qilish, tasvirlarni aniqlash nazariyasi va amaliyotiga doyr. Texnik-texnologiya turdagi murakkab tizimlarni modellashtirish nazariyasiga munosib hissa qoʻshgan. Uzluksiz va uzluksiz-uzlukli jarayonlarni adaptiv identifikatsiyalash hamda shu sohada hisoblash tizimlarini qoʻllashning yangi usulini asoslab berdi. Respublikada birinchilardan boʻlib tizimli tahlilga hamda kimyoviy texnologiya jarayonlarni muqobil boshqarish va ushbu jarayonlarni identifikatsiyalash uchun boshqaruv hisoblash majmualarini qoʻllashga asos soldi.

Ensiklopediya.uz
KOMILOV Mirzoyan Mirzahmedovich