KIMVRLAR

KIMVRLAR

KIMVRLAR — german qabilalari. Yutlandiya ya. o. da yashagan. Mil. av. 2-a. ning oxirida tevtonlar bilan birgalikda jan. tomon yurib Rim respublikasi hududiga bostirib kirgan; mil. av. 101-y. da Versella (hoz. Verchelli) boʻsagʻasida G. Mariy tomonidan tor-mor etilgan. Kimvrlar «podshosi» Boyoriks halok boʻlgan. Kimvrlar va tevtonlarning bu bosqini qad. germanlar tomonidan Rimga kilingan bosqin edi.

Ensiklopediya.uz
KIMVRLAR