KERR EFFEKTI

KERR EFFEKTI

KERR EFFEKTI — bir jinsli elektr maydoniga joylashtirilgan optik izotrop moddalar (mas, gaz, suyuqlik, shisha) da yorugʻlikning ikkilamchi sinish hodisasi. 1875-y. da shotland fizigi J. Kerr (1824 — 1907) ochgan. Kerr effekti natijasida elektr maydoniga joylashtirilgan gaz yoki suyuqlik bir oʻkli kristall xossasiga ega boʻlib qoladi; uning optik oʻqi maydon boʻylab yoʻnalgan boʻladi. Chiziqli qutblangan yorugʻlik dastasi elektr maydoniga joylashtirilgan shaffof dielektrikdan oʻtgandagi elliptik qutblanish elektrooptik Kerr effekti, chiziqli qutblangan yorugʻlik dastasining magnitlangan ferromagnit jismdan qaytgandagi elliptik qutblanish m a g – nitooptik Kerr effekti deb ataladi (q. Magnshpooptik effekt, Elektrooptik effekt).

Ensiklopediya.uz
KERR EFFEKTI