KVANT EVOLYUTSIYA
KVANT EVOLYUTSIYA (lot. quantum – qancha) — yirik taksonlar (oila, turkum, sinf va b.)ning shakllanishida evolyutsiyaning yuqori izchilligini tushuntiruvchi konsepsiya. K. e. konsepsiyasini Amerika paleontologi J. Simpson taklif etgan (1944). Kvant evolyutsiya jarayonida organizmlarning boshlangʻich guruhi oʻzining avvalgi adaptiv zonaga moslashishini yoʻqotadi; soʻngra tezda noadaptiv holatni bosib oʻtib yangi adaptiv zonaga moslanuvchi kompleks belgilarni hosil qiladi yoki nobud boʻladi. Kvant evolyutsiya konsepsiyasiga koʻpchilik olimlar shubha bilan qarab, organizm yashash joyining oraliq tiplaridan foydalanish orqali yangi muhitga asta-sekin moslashganligini tan olishadi.
Ensiklopediya.uz
KVANT EVOLYUTSIYA