KELTIRMA TUPROQLAR

KELTIRMA TUPROQLAR

KELTIRMA TUPROQLAR, yuvib keltirilgan tuproqlar — qiya, nishab yerlar etagida, soy va yirik jarliklar tubila toʻplanib hosil boʻlgan tuproqlar. Sugʻorish, atmosfera yogʻinlari va erigan qor suvlari nishab yerlardan ustki qatlamdagi unumdor tuproqlarni yuvib, suv oqimi tezligi suslashadigan etaklarga qadar oqizib ketadi. Keltirma tuproqlarning rangi toʻq boʻlib, chirindi, azot, fosfor, kaliy va b. Oziq elementlariga boy. Ularning unumdor qatlami (gumusli gorizont) tekislikdagi yerlarnikiga nisbatan qalinroq. Ulardan yuqoriroqsa joylashgan yuvilgan tuproqlarga Karaganda granulometrik tarkibi ogʻirroq, karbonatli katlamning ustki qismi sernam. Ammonifikatsiyalovchi, spora hosil qiluvchi va b. bakteriyalarga boy.

Ensiklopediya.uz
KELTIRMA TUPROQLAR