KATOLITSIZM

KATOLITSIZM

KATOLITSIZM (yun. katholikos – umumiy, asosiy) — xristianlikdagi asosiy oqimlardan biri. Katolitsizm diniy taʼlimot va cherkov tashkiloti sifatida 1054-y. da cherkovlarning boʻlinishidan keyin vujudga keldi. 16-a. da Katolitsizmdan protestantizm ajralib chikdi. Katolik cherkovi qatʼiy markazlashgan, yagona markazi Vatikan, uning birdan-bir boshligʻi — Rim papasi. K. xristianlikning asosiy aqida va marosimlarini eʼtirof etadi. Ayni vaqtda oʻziga xos aqidalari ham bor.

Ensiklopediya.uz
KATOLITSIZM