KARNO SIKLI

KARNO SIKLI

KARNO SIKLI — navbatma-navbat oʻzaro almashinib turuvchi ikki izotermik jarayon va ikki adiabatik jarayondan iborat kaytar aylanma issiqlik jarayoni. Uni birinchi boʻlib NL. S. Karno oʻrgangan (1824). Rasmda Karno sikli koordinatalari r (bosim) va V (hajm) da koʻrsatilgan. Karno siklida ish jismi t-ra G, li issiq jism bilan taʼsirlashib, Qt issiklikni oladi (bunda bugʻ kengayadi va ish bajaradi, izoterma 1—2). Soʻngra ish jismi adiabatik kengayib, t-ra T2 gacha soviydi (adiabata, 2—3). Shu t-ra T2 da ish jismi izotermik siqiladi va u Q2 issiqlikni sovitkichga beradi (izoterma, 3—4). Nihoyat, ish jismi Tt t-rali boshlangʻich holatga qaytadi (adiabata, 4—1). Bunday jarayonda ish jismi bajargan foydali ish pV tekislikda izoterma va adiabata chiziqlar bilan chegaralangan yuzaga teng.

Ensiklopediya.uz
KARNO SIKLI