KAPTARSIMONLAR

KAPTARSIMONLAR

KAPTARSIMONLAR (Columbiformes) — qushlar sinfining bir turkumi. 311 turi mavjud. Yer yuzining hamma mintaqalarida (chekka shim. va jan. sovuq hududlardan tashqari) tarqalgan. Oʻrmon, bogʻ, butazor, qoyalar, jarlik va binolar boʻgʻotida yashaydi. Tanasining uz. 15 dan 85 sm gacha, ogʻirligi 30 g dan 3 kg gacha. Drontalarning ogʻirligi 22,5 kg ga yetadi. Kaptarsimonlarning patlari zich va kalin, boshi kichik, boʻyni va oyoklari qisqa, qanotlari uzun va oʻtkir. Narilari modalariga nisbatan yirik va rangi chiroyliroq. Yerda oziqlanganligi sababli yaxshi yuguradi. Barcha turlarining juftlari barqaror (monogam). Uyasini daraxtlar, qoyalar, jarlardagi kovaklarga, binolarga, yerga quradi. Asosan, 2 ta, ayrim turlari 1 yoki 3 ta tuxum qoʻyadi. Tuxum bosish davri — 14 kundan 30 kungacha. Bir yilda, odatda, 2-marta, ayrim turlari 4—5-martagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan joʻjalari tez oʻsadi, yirik turlarida 25 kunligida uchirma boʻladi. Kaptarsimonlar bulduruqlar (2 avlod, 16 tur), drontlar (2 avlod, 3 turi Mavrikiya, Burbon va Radriges o. laridagi oʻrmonlarda yashagan), kaptarlar (41 urugʻ, 292 tur) oilalariga boʻlinadi. Baʼzan bulduruqlar alohida turkumga ajratiladi.

Ensiklopediya.uz
KAPTARSIMONLAR