KAPPADOKIYA

KAPPADOKIYA

KAPPADOKIYA — Kichik Osiyoning markazida (hoz. Turkiya hududida) joylashgan qad. viloyat. K. ning qad. axolisi oʻzini «xattlar» deb atashgan. Mil. av. 2-ming yillikda Kappadokiya hududida Xett podsholigishtg asosiy qismi joylashgan. Mil. av. 3-a. oʻrtasi — 1-a. larda mustaqil podshohlik, mil. 17-y. dan Rim provinsiyasi. Keyinchalik Pont podsholigi bilan birgalikda Vizantiya imperiyasi tarkibiga kirgan. 1074-y. K. ni saljuqiylar zabt etganlar. 15-a. dan Usmonyai turk imperiyasi tarkibida. Kappadokiya oʻzining katta yerlari va minglab qullariga ega ibodatxonalari bilan mashhur boʻlgan. 19-a. ning 80-y. larida Kappadokiya hududidan Ossuriyadagi qulchilik taraqqiyoti toʻgʻrisida muhim maʼlumotlar beruvchi qad. ossuriy mixxat hujjatlari («kappadokiya jadvallari») topil gan.

Ensiklopediya.uz
KAPPADOKIYA