KOʻKPATOS OLTIN KONI
KOʻKPATOS OLTIN KONI — Oʻzbe kistonning gʻarbida Boʻkantov togʻlarining jan. yon bagʻrida joylashgan kon. Paleozoyning baʼzi joylarda mezo-kaynozoy davriga mansub boʻlgan hosilalar bilan yopilgan choʻkindi, terrigen-choʻkindi va vulkanogen metamorflashgan jinslar majmuidan tashkil topgan. Yirik antiklinal burmasi yadrosida arxar va koʻkpatos svitalariga mansub boʻlgan ohaktoshlar joylashgan. Koʻkpatos svitasi jinslari arxar svitasi ustida mos joylashib, turli slaneslar bilan almashinib turadigan tiniq, toʻq kulrang va qora yupqa va oʻrtacha qatlamli kremniy va kvarsitlarning linzalangan gorizontalidan iborat. Svitaning qalinligi 500 m dan ziyod boʻlib, ruda shu svitada mujassamlangan. Undagi asosiy minerallar — konsentra-torlar va tarkibida oltin boʻlgan arsenopirit va piritdir; oltinning bu rudalardagi miqdori taxminan teng.
Ensiklopediya.uz
KOʻKPATOS OLTIN KONI