KUNDAL

KUNDAL

KUNDAL — 1) amaliy bezak sanʼatida boʻrtma bezak yaratish usuli; shu usulda yaratilgan bezak (vaqsh) ham Kundal deb ataladi. Meʼmorlikda bezatilayotgan sath (devor)ga qizil kesak loy bir necha marta surtilib, boʻrtma shakl hosil qilinadi, soʻng moʻyqalam bilan bezak shakl boʻyoq va zarhal qoplab boʻyaladi; shuningdek, oltin plastinka (yap-rokcha)lar qoplab ishlangan boʻrtma vaqshlar ham Kundal deb ataladi. 14—15-a. larda binolarni bezashda Kundal usulidan foydalanilgan. Mas, Samarqand (Bogʻi Dilkusho, Amir Temur maqbarasi va b.), Buxoro (Baland masjid va b.)dagi binolarda Kundalning jozibador namunalari saqlangan. Hoz. meʼmorlikdagi sharqova bezaklarda ham Kundal keng qoʻllanadi. Kundal kashtadoʻzlik (jumladan, zardoʻzlik)da bezatilayotgan buyum sirtiga toʻshama (mato, karton va b.) qoʻ-yib, ustidan ip, ipak, zar iplar bilan kashta tikib hosil qilinadi;

Ensiklopediya.uz
KUNDAL