KULRANG CHIRISH
KULRANG CHIRISH, botridioz — oʻsimliklarda takomillashmagan Botrytis turkumiga mansub zamburugʻlar (B.cinera)HH qoʻzgʻatadigan kasallik. Kasallik qoʻzgʻatuvchi zamburugʻlar, asosan barg, mayda novdalarni, poyalarni, kurtaklarni zararlaydi. Nam va nisbatan past haroratda kuchli kechadi. Oʻsimlikning turli qismlarida halok boʻlgan toʻqimalardan hosil boʻlgan kulrang dogʻlar paydo boʻladi. Toʻkilgan barglarda, novda, poyalarda zamburugʻ konidiyali sporalar qora dumaloq sklerotsiyalar holida qishlaydi. Gʻoʻza, kungaboqar, qulupvay, uzum, maliva, olxoʻri, olcha, qand lavlagi, beda, ka-vakunjut, lyupin, sabzavot ekinlari K. ch. i keng tarqalgan. Gʻoʻzada zamburugʻ tanasi va sporalari koʻsak sirtini kulrang yeki boʻzjigarrang momiq gʻubor bilan qoplaydi, koʻsakning barcha chanoqlari yoki baʼzilari toʻliq ochil-maydi. Zararlangan tolalar qora-sar-gʻimtir rangga kiradi, momiqlanmaydi. Kuchli zararlanganda gulyonbarg va mevabandi ham gʻubor bilan qoplanadi.
Ensiklopediya.uz
KULRANG CHIRISH