KONDENSOR
KONDENSOR (lot. condenco — quyuqlashtiraman, zichlashtiraman) — yorugʻlik manbaidan chiqayotgan yorugʻlikni yigʻib, yoritilayotgan obyekt (narsa) ga yoʻnaltirib beradigan linza (koʻzgu) yoki linzalar (koʻzgular) tizimi. Linzali, koʻzguli va koʻzgu-linzali turlari bor. Diaskop, mikroskop, kinoproyeksion apparatlar, fotokattalashtirish asboblari va b. asboblarda ishlatiladi.
Ensiklopediya.uz
KONDENSOR