KONGLOMERAT

KONGLOMERAT

KONGLOMERAT (geologiyada) — dagʻal chaqiq choʻkindi togʻ jinsi, qum, shagʻal va tosh boʻlaqlarining birikib sementlanishidan hosil boʻladi. Temir oksidi, karbonat, gilli materiallar va silikat kislota Konglomeratda biriktiruvchi material rolini bajaradi. Konglomeratlar bir xil (monomikt) yoki turli togʻ jinslari boʻlaqlaridan (polimikt) tashqil topadi. Dengiz, koʻl, allyuvial, prolyuvial, bazal Konglomerat turlari bor. Togʻ va togʻ etaqlarida koʻp uchraydi. Konglomeratlar yoʻl qurish, beton plitalar tayyorlash va b. qurilish materiallari i. ch. da koʻplab ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
KONGLOMERAT