KAMAKURA
KAMAKURA — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu o. da. Aholisi 170,3 ming kishi (1990-y. lar oxiri). Kino sanoati rivojlangan. Mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Badiiy buyumlar ishlab chiqariladi. Kamakura — shahar-muzey. 12-a. da qad. Yaponiya poytaxti oʻrnida vujudga kelgan. 1333-y. gacha «Kamakura davri» harbiy hukmdorlari poytaxti boʻlgan. Buddaviylar ziyorat markazlaridan. Milliy boyliklar muzeyi va b. muzeylar bor. Shaharda buddaning yirik bronza haykali (13-a.) saqlangan. Dengizboʻyi kurorti, turizm rivojlangan.
Ensiklopediya.uz
KAMAKURA