KALE
KALE — Fransiyaning shim. qismidagi shahar. Pade-Kale departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 76 ming kishidan ziyod (1990y. lar oʻrtalari). Xalqaro ahamiyatga ega transport yoʻllari tuguni. Pade-Kale boʻgʻozidagi port. K. dan dengiz yoʻli orqali Buyuk Britaniyaga yoʻlovchilar tashiladi. Mashinasozlik, kimyo, oziqovqat sanoatlari rivojlangan. Qadimdan toʻr (krujeva) toʻqiladi, kashta tikiladi. Shaharga 9—10-a. larda asos solingan. 13-a. dan boshlab Angliya bilan Fransiya oʻrtasidagi savdo aloqalarida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. 14—16-a. larda shahar inglizlar qoʻl ostida boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
KALE