KABRAL
KABRAL (Cabral) Pedru Alvarish (1460—1526) — portugaliyalik dengizchi sayyoh. 1500-y. da qirol Manuel 1 tomonidan Vasko da Gama marshruti boʻyicha savdo maqsadlarida Hindistonga boradigan flotiliyaga qoʻmondon qilib tayinlandi. Yashil Burun o. laridan jan. ga yoʻl olgan kemalar gʻarbga qarab yoʻnalishini oʻzgartirdi va 1500-y. 22 apr. da 17° j. k. da orol deb ishongan holda yangi yerni kashf qildi va uni Vera-Krush Yeri deb nomladi (oʻsha yili u Santa-Krush deb qayta nomlandi, bir necha yildan keyin esa Braziliya — Brasil degan norasmiy nom asosiy nom boʻlib qoldi). Soʻngra Kabral sharqqa — Yaxshi Umid burniga tomon yoʻl oldi va 1500-y. sentyabr oyida Hindistonning Kalikut sh. ga yetib bordi. Mahalliy aholining portugallar b-n savdo qilishdan bosh tortganliklari uchun kelgindilar shaharni vayron qilishdi. Qoʻshni Kochin va Kanannur port shaharlari bilan portugallar uchun foydali shartnomalar tuzib, 1501-y. da u yerdan chiqib ketdi
Ensiklopediya.uz
KABRAL