KOʻCHKI
KOʻCHKI — 1) togʻlarda yon bagʻirning yuqori qismida yigʻilib qolgan qorning shiddat bilan pastga otilib tushishi, tarma. Togʻ yon bagʻrida koʻplab toʻplanib qolgan qor qaytadan kristallanadi va qattiq sovuqdan torayadi; oqibatda qor qatlami ichida boʻsh qatlam paydo boʻladi. Biron tovush, salgiva mexanik kuch taʼsirida yoki qor tagi eriganda Koʻchki vujudga keladi. Kuchli Koʻchkida 1,5—2 mln. m3 gacha qor koʻchib tushadi; togʻdan tushgan qorning qalinligi 60 m gacha yetishi mumkin. Kor K. lari Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Alp, Kordilyera, Himolay togʻlarida koʻp roʻy berib turadi. Baʼzan qishloqlar, aloqa yoʻllari, togʻlardagi oʻrmonlarga katta zarar yetkazadi;
Ensiklopediya.uz
KOʻCHKI