KORFARMON
KORFARMON — oʻtmishda oʻzbek anʼanaviy teatrining rahbari (rej.), boshqaruvchisi. U yetakchi aktyor ham hisoblangan. Korfarmon, odatda, sanʼatkorlar yigʻinida saylangan va mehtarboshi (Qoʻqon xonligida), gʻolibboshi (Buxoro xonligida) tomonidan tasdiqgangan. k. tomosha maydoni, sharoiti va tomoshabinlarni hisobga olgan holda tomosha rejasini tuzgan, asbob-anjom hozirlagan. Teatr repertuarini boyitish, kulgihikoya, muqallid va hajviy oʻyinlarni xalqqa manzur etib koʻrsatiщsa Korfarmonning hizmati katta boʻlgan. 19-a. ning yarmi va 20-a. boshida Zokir eshon (Qoʻqon), Toʻla masxara (Buxoro), Mizrob masxara (Shahrisabz) kabi Korfarmonlar oʻtgan. Yusufjon qiziq Shakarjonov ham isteʼdodli Korfarmon boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
KORFARMON