KITOBI DADAM QOʻRQUT

KITOBI DADAM QOʻRQUT

«KITOBI DADAM QOʻRQUT» («Qoʻrqut ota kitobi») — oʻrta asrlar oʻgʻuz eposining yuksak namunalaridan biri. Uning tarkibiga kirgan hikoya va dostonlarning ayrimlari 7—8-a. larda ogʻzaki ravishda yaratila boshlangan. Asosiy dostonlari 9—10-a. larda oʻgʻuzlar Sirdaryoning quyi oqimlari va Orol dengizi atroflarida yashagan davrlarda yuzaga kelgan. Ular bu ulkan yodgorlikning tarkibida hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlib, Qoʻrqut haqidagi afsona va rivoyatlarning ogʻzaki ravishda Turkiston xalqlari orasida keyingi davrlargacha saklanib qolishiga sabab boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
KITOBI DADAM QOʻRQUT