KERMON
KERMON — Eronning jan.sharqidagi shahar. Kermon ostonining maʼmuriy markazi, 1900 m balandlikda. Aholisi 385 ming kishi (1997). Savdotransport markazi. Hunarmandchilik rivojlangan. Gilam, shol roʻmol toʻqiladi, misdan badiiy buyumlar va roʻzgʻor idishlari yasaladi, paxtadan kalava ip tayyorlanadi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, qurilish materiallari korxonalari, un-t bor. Xna ishlab chiqarish markazlaridan. Shoh masjid (11 — 12-a. lar) va b. 14-a. ga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. Kermon yaqinidan toshkoʻmir, xrom va temir rudalari qazib olinadi.
Ensiklopediya.uz
KERMON