KEDR

KEDR

KEDR (Cedrus) — qaragʻaydoshlar oilasiga mansub doim yashil daraxtlar turkumi. Boʻyi 30—50 m gacha, tanasining diametri 40—50 sm gacha (baʼzan 1,5 m gacha) boradi, 4 turi — Livan K. i (Kichik Osiyo togʻlarida), kalta ignabargli Kedr (Kipr orolida), Atlas K. i (Shim. Afrikada) va Himolay K. i (Markaziy Osiyoda) bor. Yogʻochi qizgʻish yoki sargʻish, xushboʻy. Suv inshootlari qurishda va mebelchilikda ishlatiladi. Kavkaz, Qrim va Oʻrta Osiyoning jan. qismida Livan, Atlas va Himolay Kedr lari oʻstiriladi. Atlas Kedr ining ignabargi qisqa — 2,5 sm cha, qubbasi silindrsimon, tuxumsimon (5—7 sm). Himolay Kedr ining ignabargi ingichka (uz. 2,5—5 sm), qubbasi tuxumsimon (7—10 sm). Livan Kedr ining ignabargi 15—35 mm, qubbasi bochkasimon (8— 10 sm). Kedr yongʻogʻidan yogʻ, yogʻoch qismining shirasidan skipidar olinadi. Ignabarglaridan lavshaga qarshi konsentrat tayyorlanadi.

Ensiklopediya.uz
KEDR