KVEBEK
KVEBEK — Kanadaning jan.-sharqiy qismidagi shahar. Kvebek provinsiyasining maʼmuriy markazi. San-Lavrentiy daryosining quyilish yerida. Axolisi 169,6 ming kishi (1996); koʻpchiligi kanadalik fransuzlar. K. muhim t. y. tuguni. Yirik dengiz porti (yillik kj ortib-tushirish 1,5 mln. t). Kvebek orqali chetga yogʻoch-taxta, qogʻoz, gʻalla, sut mahsulotlari, asbest chiqariladi. Yogʻoch tilish, sellyuloza-qogʻoz, kemasozlik, koʻn poyabzal, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Turistlar koʻp keladi. Laval un-ti, in-tlar, Kvebek provinsiyasi muzeyi, un-t muzeyi bor. Meʼmoriy yodgorliklardan 17—19a. larga oid binolar, San-Lavrentiy daryosiga qurilgan koʻprik va b. saqlangan. Shaharga 1608-y. da asos solingan.
Ensiklopediya.uz
KVEBEK