KASKAY QABILALARI
KASKAY QABILALARI, kaskeyliklar, kasklar, kashklar, kashkeyliklar — Xett podsholigidan shim. va shim.-sharkdagi Pont togʻlari (Kichik Osiyo)da qadimdan yashovchi qabilalar birlashmasi. Kaskay qabilalarining qoʻshni tumanlarga bosqinlari xettlarni doimiy kurash (mil. av. 17-a. dan mil. av. 13-a. gacha) olib borishga majbur qilgan. Kaskay qabilalari chorvachilik va toʻqimachilik bilan shugʻullangan. Kaskay qabilalarida mil. av. 14-a. gacha «harbiy demokratiya» saqlangan. Kaskay qabilalari mil. av. 8—7-a. larda manbalarda oxirgi marta eslab oʻtilgan.
Ensiklopediya.uz
KASKAY QABILALARI