KARLIK

KARLIK

KARLIK, garanglik — mutlaqo eshitmaslik yoki quloqning soʻzni anglay olmaydigan darajada «ogʻir»ligi. Karlik tugʻma va hayotda orttirilgan boʻlishi mumkin. Tu gʻ m a K. ga bola tugʻilayotganda eshituv nervining zararlanishi, ichki quloq yoki eshituv nervining irsiy yoki ona yuqumli kasalliklar (gripp va h. k.) b-n ogʻrishi natijasida rivojlanmay qolishi, shuningdek, homiladorlik davrida, xususan, uning birinchi oylarida onaning turli dorilar yo spirtli ichimliklar ichishi sabab boʻlady. Hayotda orttirilgan Karlik oʻrta va ichki quloq, eshitish nervi yoki bosh miya eshituv markazining yalligʻlanish kasalliklari, baʼzi infeksion kasalliklar asorati, shuningdek, zararli omillar (mas, shovqin, vibratsiya va b.) natijasida kelib chiqishi mumkin.

Ensiklopediya.uz
KARLIK