KUMUSH YUGURTIRISH
KUMUSH YUGURTIRISH — buyumlar sirtiga yupqa qatlamda kumush qoplash; korroziyaga chidamliligi, elektr oʻtkazuvchanligi, yaltiroqligi va antifriksion xossalarini oshirish, shuningdek, dekorativ-himoya maqsadlarida amalga oshiriladi. Metall buyumlarga Kumush yugurtirish galvanik usul b-n, kamdan-kam plakirlab (sof kumush taxta qoplab); metallmas buyumlar kimyoviy usul b-n, kumush bugʻini vakuumda kondensatsiyalab, katodli purkab, kuydirish usuli bilan amalga oshiriladi.
Ensiklopediya.uz
KUMUSH YUGURTIRISH