KULAMET JIROV

KULAMET JIROV

KULAMET JIROV Ubbi ugʻli (1872 – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonlikoʻl tumani — 1954) — jirov (dostonchi). Kulamet jirovning jirovchilik sanʼatini egʻallashida Nurabulla jirov, Arzi Suyeu singari sanʼatkorlarning taʼ-siri kuchli boʻlgan. Kulamet jirov Qoʻngʻirotda Nurabulla jirovga shogird tushib, us-tozidan 40 dan ortiqtermalarni, «Al-pomish», «Shahriyor», «Qoʻblon» va b. dostonlarni oʻrgangan va ijro etgan. 1939-y. A. Shamuratov undan «Shahriyor» dostonini yozib olgan va nashrga tay-yorlagan. Asar, dastlab, 1959-y. da ki-tob holida chop etilib, 1971-y. rus ti-liga tarjima qilingan. Qoraqalpogʻi-stonda Kulamet jirov nomida jamoa xoʻjaligi, maktab va koʻcha mavjud.

Ensiklopediya.uz
KULAMET JIROV