KOSMIK BIOLOGIYA

KOSMIK BIOLOGIYA

KOSMIK BIOLOGIYA — kosmik boʻshliq turli omillarining tirik organizmlarga taʼsirini oʻrganadigan biologik soha. Kosmik parvoz sharoitida Yerdagi organizmlarni tadqiq qilish metodlari va ular hayotiy faoliyatini taʼminlash (sunʼiy biologik sistemalar ekologiyasi) vositalarini ishlab chiqish ham Kosmik biologiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Kosmik parvozning, birinchi navbatda, vaznsizlikning tirik organizmga taʼsiri toʻgʻrisidagi dastlabki tadqiqotlar 40-y. lar oxiri, 50-y. lar boshida sobiq Ittifoqda oʻtkazilgan. Bu boradagi asosiy tadqiqotlar 1957-y. da Yerning 2-sunʼiy yoʻldoshida «Layka» laqabli it uchirilganidan soʻng boshlangan. Bu tadqiqotlar tufayli kosmik kemalarda hayotni taʼmin etish sistemalari sinovdan oʻtdi va mukammalashtirildi; insonning kosmik parvozi uchun imkon yaratildi.

Ensiklopediya.uz
KOSMIK BIOLOGIYA