KURELLA

KURELLA

KURELLA (Kurella) Alfred (taxallusi — B. Sigler, V. Rebig, A. Bervad; 1895.2.5, Bjeg, Polsha – 1975.12.6, Berlin) — nemis yozuvchisi, publitsist, tarjimon va jamoat arbobi. Germaniya sanʼat akademiyasi aʼzosi. Rossiyada yashagan (1934—54). Fashizmni fosh etish Kurella ijodining asosiy mavzusi sanaladi. «Grovau hujjatlari» (1954), «Dimitrov Geringga qarshi» (1964), «Katta oʻyindagi kichik piyoda» (1961), «Inson oʻzini oʻzi yaratadi» (1958), «Tarqoq ocherklar» (1961) va b. asarlar muallifi.

Ensiklopediya.uz
KURELLA