KUK

KUK

KUK (Cook) Jeyms (1728.27.10, Marton, Yorkshir grafligi — 1779.14. 2, Ganayi o. lari) — ingliz dengizchi sayyohi. 1768—71 y. larda «Indevor» ke-masida dunyo aylana ekspeditsiyaga rah-barlik qilgan. Britaniya admiralligi tomonidan tashqil etilgan ushbu eks-peditsiyaning maqsadi Tinch okeanda yangi yerdarni egʻallash edi. Kema Plimut sh. dan safarga chiqib, Gorn bur-nini aylanib oʻtgach, Taiti o. ga yetib bordi. 1769-y. da uning shim.-gʻarbidagi yondosh orollarni Jamiyat o. lari degan umumiy nom b-n xaritaga tushirdi. 1769—70 y. larda Yangi Zelandiya qir-gʻoklarini aylanib oʻtib, uning orollardan iborat ekanligini aniq-ladi. Katta Toʻsiq rifi va Avstrali-yaning sharqiy so-hillarini tadqiq qiddi. Torres boʻgʻo-zi orqali K. Yaxshi Umid burnini aylanib, 1771-y. da Angliyaga qaytdi.

Ensiklopediya.uz
KUK