KINABALU

KINABALU

KINABALUKalimantan o. dagi togʻli massiv, Malayziyada. Eng baland joyi 4101 m (Malay arxipelagida eng baland). Granit va granidioritlardan tuzilgan. 3500 m balandlikkacha tropik va togʻ oʻrmonlari bilan qoplangan, undan balandda butazor va yaylovlar bor. Milliy park tashkil etilgan (mayd. 78 ming ga, 1964; faunasi tarkibida gibbon, orangutan, sumatra karkidoni, soqolli toʻngʻiz, qushlarning 600 dan ortiq turi uchraydi).

Ensiklopediya.uz
KINABALU