KVARS LAMPASI
KVARS LAMPASI — elektr yordamida ultrabinafsha nurlar hosil qiladigan yorugʻlik manbai. Kvars lampasining balloni kvars shishasi (suyultirilgan kvars) dan yasaladi. Ballon trubkasining oxiriga kontaktlar oʻrnatilib, ballonga simob bugʻlari va inert gaz — argon toʻldiriladi. Argondan elektr razryadi oʻtganda simob bugʻlari ultrabinafsha nurlar chiqaradi. Bu nurlar baʼzi kasalliklar (mas, raxit) ni davolashda, inkubatorlarda, oʻsimliklar oʻstirishda, shuningdek, operatsiya zallaridagi havoni tozalashda, suv va sutni zararsizlantirishda xamda lyuminessent analizda ishlatiladi. Past, yuqori, oʻta yuqori bosimli Kvars lampasi boʻladi.
Ensiklopediya.uz
KVARS LAMPASI