KALORIYALILIK

KALORIYALILIK

KALORIYALILIK — 1) oziq-ovqat mahsulotlarining kaloriyaliligi — oziq moddalar (oqsillar, yogʻlar va uglevodlar)da toʻplangan energiya; oziqovqat mahsulotlarining energiyaviy qiymati (kalkaloriya va kkal — kilokaloriyada ifodalanadi). Oziq-ovqat mahsulotlarini qiyosiy baholashda; ovqatlanishni rejalashtirishda, parhez taomlarni tavsiya kilish va b. da qoʻllanadi. Kaloriyalilik mahsulotda oksidlanmagan uglerod va vodorod atomlari mavjudligi bilan aniqlanadi. Mas, yogʻ molekulasida oksidlanmagan uglerod va vodorod atomlari uglerod va oqsillardagiga nisbatan koʻproq boʻladi; 1g yogʻ 9,3 kkal (1 kkal=4,1868-103 J), 1 g uglevod 4,1 kkal, 1 g oqsil xam 4,1 kkal. Baʼzi mahsulotlarning (YUOg) Kaloriyaliliki (kkal da) quyidagicha: sut (kefir, chuchuk qatiq) — 62; sariyogʻ — 734; sifatli mol goʻshti — 154; sifatli qoʻy goʻshti — 206; tuxum — 150; koʻk piyoz — 21; tuzlanmagan bodring — 15; kartoshka — 89; karam — 27; sabzi — 36; olma — 48; qand — 320; bugʻdoy unidan yopilgan non — 230 va b.

Ensiklopediya.uz
KALORIYALILIK