KURDISTON TOGʻLARI

KURDISTON TOGʻLARI

KURDISTON TOGʻLARI, K u r d t o gʻlari — Armaniston va Eron togʻliklarining tutashgan qismidagi togʻlar, Turkiya, Eron va Iroqla. Turli yoʻnalishdagi tizma va ayrim togʻlardan iborat. Eng baland joyi — Jilo togʻi (4168 m.) – Pastroq choʻqqilari yassi, 3500 m dan balandlari esa qirrali. Togʻ oralarida vodiylar bor. Daryolari chuqur daralardan oqadi. Togʻlar slanes, kvarsit, marmar, mergeldan tuzilgan. Iqlimi subtropik iqlim. Yillik yogʻin jan.gʻarbida 1000—3000 mm, shim.-sharqida 400—700 mm. Jan. da makvis chakalakzorlari, dub, pista va archa oʻrmonlari, yassi choʻqqilarida alp oʻtloqlari va kichikroq muzliklar mavjud. Shim. togʻ dashtlaridan iborat, ahrli koʻchmanchi chorvachilik b-n shugʻullanadi, vodiylarda bugʻdoy, makkajoʻxori ekiladi, bogʻlar bor.

Ensiklopediya.uz
KURDISTON TOGʻLARI