KVARTET
KVARTET (lot. guartus — toʻrtinchi) — I) 4 sozanda (yoki xonanda)dan iborat ansambl. K. tarkibi jihatidan bir xil (torli yoki puflama sozlar) hamda aralash (torli va puflama sozlar yoki torli sozlar va fortepiano) boʻlishi mumkin. Kamer-cholgʻu ansambllar ichida torli sozlar Kvarteti (2 ta skripka, alt va violonchel) keng tarqalgan. Estrada sanʼatida ham Kvartet ansambllari keng oʻrin olgan: «Bitlz» (Angliya), «ABBA» (Shvetsiya), «Orera» (Gruziya), «Sideriz» (Oʻzbekiston) va b. ;
Ensiklopediya.uz
KVARTET