KASABLANKA

KASABLANKA

KASABLANKA (ispancha Casablanca; arab — Dor ul-Bayzo) — Marokash gʻarbidagi shahar, Atlantika okeani sohilida. Kasablanka prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,94 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Kasablanka — Afrikadagi eng katta shahar va portlardan biri (yillik yuk ortib-tushirish 17 mln. t). Shosse yoʻllarning yirik tuguni, t. y. stansiyasi. Xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor. K. — Marokashning muhim iqtisodiy markazi. Metallsozlik, mashinasozlik (jumladan, avtomobilsozlik), oziq-ovqat, toʻqimachilik, kimyo, sement, poligrafiya va b. sanoat korxonalari bor. Kasablanka porti orkali chetga mineral xom ashyo (asosan, fosforit), marganes, sitrus mevalar va b. chiqariladi.

Ensiklopediya.uz
KASABLANKA