KARTON
KARTON (tasviriy sanʼatda) — yirik hajmli (baʼzan boʻyalgan) rasm; kelajakda yaratiladigan asar — freska, mozaika, vitraj, shpaler hajmida qogʻoz (baʼzan yupqa mato)ga koʻmir, sangina yordamida ishlanadi. Bezak mujassamotini devorga koʻchirishda Karton chizigʻi teshib chiqiladi. Karton Uygʻonish davri va 17-—18a. lar Yevropa rassomlari ijodida keng tarqalgan. Buyuk rassomlar (Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo va b.) yaratgan koʻplab Kartonlar alohida yuksak sanʼat asari sifatida tan olinadi. Oʻzbekistonda monumentalist rassomlar (Ch. Ahmarov, R. Xudoyberganov va b.) ham Karton yaratgan.
Ensiklopediya.uz
KARTON