KAN

KAN

KAN — Fransiyaning shim. qismidagi shahar, Normandiyada. Kalvados departamentining maʼmuriy markazi. Orn daryosi buyidagi port. Kanal orqali La-Mansh boʻgʻozi bilan bogʻlangan. Axolisi 117 ming kishi (1999). Kuyi Normandiya temir ruda r-nining sanoat markazi Kan va uning atrofida metallurgiya, mashinasozlik, toʻqimachilik, kimyo, sement, yogʻochsozlik, keramika sanoati korxonalari mavjud. Un-t (1432-y. dan), nafis sanʼat muzeyi bor. 11 — 17-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. Shaharga 11-a. da asos solingan.

Ensiklopediya.uz
KAN