KUTUBXONASHUNOSLIK
KUTUBXONASHUNOSLIK — bosma nashr (kitob, gazeta, jurnal va b.) lardan jamoatchilikning foydalanish maqsadlari, tamoyillari, mazmuni, tizimi va shakllarini oʻrganadigan fan tarmogʻi. Kutubxonashunoslik vazifasi kutubxonachilik ishi nazariyasini rivojlantirish, uni ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanish qonunlarini tahlil qilish, kutubxonalarni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotdagi oʻrnini oʻrganishdan iborat.
Ensiklopediya.uz
KUTUBXONASHUNOSLIK