KOʻKSULTON
KOʻKSULTON (Prunus nachicevanica S. Kadr.) — raʼnoguldoshlarga mansub mevali daraxt, xalq seleksiyasi yoʻli bilan yetishtirilgan ertapishar olxoʻri navlaridan biri. Koʻchati oʻtqazilgach, 4-yili hosilga kiradi, daraxti bal. 5 m cha, shoxshabbasi yumaloq-oval. Barglari mayda. Apr. boshlarida gullab, iyunda pishadi. Mevasi 22—26 g, eti sargʻish, nordonchuchuk; danagi etidan yaxshi ajralmaydi; 10 yillik daraxti 100 kg gacha hosil beradi. Mevasi yaxshi saqlanmaydi. Oʻzbekistonning hamma hududlarida oʻstiriladi.
Ensiklopediya.uz
KOʻKSULTON