KOʻZALIQIR

KOʻZALIQIR

KOʻZALIQIR — Qad. Xorazmda boʻlgan shahar-qalʼa xarobasi (mil. av. 1-ming yillikning 1-yarmi). Jayhun (Amudaryo)ning koʻhna oʻzani boʻyida joylashgan. 1939-y. S. P. Tolstoye boshchiligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi topgan, 1950, 1953—54 y. larda qazish ishlari olib borgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida quyidagilar aniqlangan: K. uchburchak shaklidagi maydon (1000×400) tevaragi boʻylab paxsadan qurilgan usti yopiq bir necha qator yoʻlaqlar (umumiy oʻz. 6—7 km) dan iborat turar joylar boʻlib, ularning ichkarisiga yuqoridagi tuynuklar orqali kirishgan. Birinchi qatordagi yoʻlakning tashqi devori burjlar bilan mustahkamlangan, yuqori qismida qator shinaklari boʻlgan. Yoʻlaqlarning ichi aloqida-alohida turar joylarga boʻlinmaganligi ularda bir urugʻ yoxud oʻzaro qarindosh urugʻlar guruhi yashaganligini koʻrsatadi. Koʻzaliqir aholisi oʻsha davrlardagi muttasil bosqinlardan oʻzlarini hamda jamoaning asosiy boyligi — chorvani himoya qilish uchungina ana shunday uzundanuzun, qorongu yoʻlaklarda yashashga majbur boʻlgan. Koʻzaliqir koʻp jihatdan Avestoda taʼriflangan narga mos keladi. Koʻzaliqirdan skiflarga xos jez kamon oʻqlari, kulolchilik dastgohida yasalgan turli sopol idish va buyumlar topilgan. Aholi K. tashqarisida dehqonchilik va chorvachilik b-n shugʻullangan qamda biror xavf-xatar tugʻilishi bilan mollarini ichkariga — mazkur uchburchak maydonga xaydab kirgan, oʻzlari esa yoʻlaqlarda turib dushmanni daf qilgan.

Ensiklopediya.uz
KOʻZALIQIR