KRASNODAR OʻLKASI
KRASNODAR OʻLKASI — RF tarkibida. Rossiya Yevropa qismining jan. da joylashgan. Shim. Kavkaz iqtisodiy r-niga kiradi. 1937-y. 13 sent. da tashkil etilgan. Mayd. 760 ming km2. Aholisi 5074,8 ming kishi (1998), asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, belorus, arman va b. yashaydi. Shaharliklar 54%. 38 maʼmuriy tuman, 26 shaar, 23 shaharcha mavjud. Markazi — Krasnodar sh. Qora dengiz va Azov dengiziga tutash. Krasnodar oʻlkasi Kavkazning gʻarbida joylashgan. Yer yuzasining shim. qismi tekislik, jan. — togʻlik (Katta Kavkaz togʻlari bilan band). Foydali qazilmalari: neft, tabiiy gaz, temir rudasi, kinovar, qurilish materiallari, mineral va issiq buloqlar, davolash balchiqlari (Matsesta, Goryachiy Klyuch v b.). Iqlimi tekislikda moʻtadil, Qora dengiz sohilida subtropik iqlim, togʻlarda balandlik iqlim mintaqalari mavjud. Tekislikda yanv. ning oʻrtacha t-rasi —4° dan Qora dengiz soqilida 5° gacha, iyulniki 22—24°. Yiliga Sochi sh. atrofida 400 mm dan Krasvaya Polyava shaharchasida 3200 mm gacha yogʻin toʻshadi. Tuprogʻi tekislikda, asosan, qoratuproq. Kuban daryosi etaqlarida allyuvial tuproqlar, Qora dengiz sohillari boʻylab sariq tuproqlar tarqalgan. Oʻlka hududining 22% oʻrmon. Asosiy daryosi — Kuban. Mayda koʻl koʻp. Kavkaz qoʻriqxonasi, Sochi milliy parki bor. Oziq-ovqat (meva-sabzavot konserva, yogʻmoy, shakarqand, sut, goʻsht va b.), mashinasozlik va metallsozlik (priborlar, stanoklar, kompressorlar, q. x. mashinalari va b.), yoqilgʻi (neft qazib olinadi va qayta ishlanadi), kimyo va neft kimyosi, yengil, yogʻochsozlik, sement sanoati korxonalari bor.
Ensiklopediya.uz
KRASNODAR OʻLKASI