KOSMIK ALOQA
KOSMIK ALOQA — Yer sunʼiy yoʻldoshlari (YESY) orqali yerdagi punktlar orasida yoki kosmik apparatlar (KA) orasidagi aloqa. Yerdagi punkt bilan kosmosdagi inson oʻrtasida aloqa birinchi marta 1961-y. da Yu. A. Gagarinnkyat «Vostok» kosmik kemasida parvoz kilganda oʻrnatildi. Kosmosda, asosan, radioaloqa, baʼzan, optik aloqa qoʻllaniladi. Kosmik aloqa tizimida koʻproq radioaloqadan, Yerdagi punktlar orasida aloqa bogʻlash uchun elliptik va doiraviy statsionar orbitalar boʻyicha harakatlanuvchi YESY dan foydalaniladi. KA lari orasida Kosmik aloqa birinchi marta 1962-y. da «Vostok-3» va «Vostok-4» kemalari orasida amalga oshirilgan. Yerdagi punktlar orasida Kosmik aloqa oʻrnatish uchun kuchli antennalar, radioshovqin darajasi juda kichik boʻlgan qabul qiluvchi asboblar, qidirilayotgan signalni ajratib oladigan maxsus appa-ratlardan foydalaniladi. KA ning bort apparaturalari juda puxta, yengil va ixcham boʻlishi kerak. Kosmik aloqa kanallari uchun ularning vazifasi va yoʻnalishlariga koʻra turlicha chastota dia-pazonidan foydalaniladi. Chastotalarni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi radioaloqa reglamenti bilan belgilanadi. Kosmik aloqa tizimlarining Yerdagi aloqa tizimlaridan asosiy farqi KA vaziyatining uzluksiz oʻzgarib turishi, bilish zarurligi, qabul qilinayotgan signallar chastotasining tez-tez oʻzgarib turishi, KA bortidagi radiouzatkichlar quvvatining cheklanganligi, masofaning uzoqligi va b. dan iborat.
Ensiklopediya.uz
KOSMIK ALOQA