KONSENTRLANGAN OʻGʻITLAR
KONSENTRLANGAN OʻGʻITLAR — tarkibida 45—64%gacha oziq moddalari boʻlgan oddiy yoki koʻp komponentli oʻgʻitlar. Donador oʻgʻit asosida ishlab chiqariladi. Oddiy Konsentrlangan oʻgʻitlarga quyidagilar kiradi: ammoniy nitrat, karbamid, suvsiz ammiak, ikkilamchi superfosfat, pretsipitat, kaliy xlorid, kaliy sulfat; koʻp komponentlilarga ammoniy fosfatlar (ammofos, diammofos), nitrofos, kaliy va ammoniy metafos-fat (q. Metafosfatlar), ammoniy polifosfat (polifosfatlar), kaliyli selitra va b. kiradi. Konsentrlangan oʻgʻitlar dehqonchilikda har xil tuproqlar va hamma turdagi ekinlar uchun asosiy oʻgʻitlar sifatida va ekinni oziqlashtirishda qoʻllanadi.
Ensiklopediya.uz
KONSENTRLANGAN OʻGʻITLAR