KONDENSATOR

KONDENSATOR

KONDENSATOR (lot. condenso — zichlayman, quyultiraman) — 1) issiqlik texnikasida — gazsimon modda (bugʻ) ni kondensatlovchi apparat; issiqlik almashinish apparatining bir turi. Kondensatorning sirtqi va kontakt (yoki aralashtiruvchi) xillari bor. S i r t q i K. da suv bugʻi ichidan sovuq suv oqadigan quvur devoriga tegib kondensatlanadi. Kontakt Kondensatorda suv bugʻi bevosita sovituvchi suvga tegib kondensatlanadi. Bunday Kondensatorlar kimyo sanoatida, issiqlik energetikasida (q. Kondensatsion elektr stansiya, Kondensatsion turbina), bugʻlatish qurilmalari (distillyat olish, bugʻ aralashmalarini ajratish uchun) va b. da ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
KONDENSATOR