KICHIK SAYYORALAR

KICHIK SAYYORALAR

KICHIK SAYYORALARQuyosh sistemasining diametri 1 dan 1000 km gacha boʻlgan jismlari. Barcha Kichik sayyoralarning massalari yigʻindisi Yer massasining 1/700 boʻlagidan kichik. Koʻpchilik Kichik sayyoralarning orbitalari Mars va Yupiter orbitalari (yaʼni asteroidlar mintaqasi) orasida joylashgan. Eng mashhur Kichik sayyoralar Serera (№1), Pallada (№2), Vesta (№3), Yunona (№4), Eros, Amur, Gidalgo, Ikar (yana q. Asteroidlar).

Ensiklopediya.uz
KICHIK SAYYORALAR